Bu haqda "Veolia Energy Tashkent" MCHJ XK xabar berdi.
Qayd etilishicha, 19-iyul kuni issiqlik tarmoqlarida avariyaviy taʼmirlash ishlari olib borilishi va tegishli jihozlarni almashtirish zarurati tufayli quyidagi manzillarda issiq suv taʼminoti vaqtincha toʻxtatiladi:
Mirzo Ulugʻbek tumani: Mirzo Ulugʻbek, Sayram, Buyuk ipak yoʻli, Muhammad Yusuf, Lashkarlar, Sayohat, Chust koʻchalari.
Chilonzor tumani: 5,6,7,8,9,10,16,S mavzelari.
Issiq suv taʼminoti taʼmirlash ishlari tugallanishi bilan tiklanadi (taxminan bugun 22:00 gacha).
"Veolia Energy Tashkent" MCHJ XK yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr soʻraydi va ishlarni belgilangan muddatlarda yakunlash boʻyicha zarur choralarni koʻradi, — deyiladi xabarda.