Bu haqda "Hududgaz Poytaxt" GTF xabar berdi.

Qayd etilishicha, shu yilning 23-iyul kuni taʼmirlash ishlari tufayli Mirobod va Yangihayot tumanlarining quyidagi hududlariga tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha toʻxtatiladi.

Mirobod tumani (soat 10:00 dan 15:00 gacha) Ulgurji isteʼmolchilari soni: 3 ta

Yangihayot tumani (soat 10:00 dan 17:00 gacha) Aholi isteʼmolchilari soni: "Gulzor" va "Jaloir" MFYlaridagi 265 ta yerli xonadon Ulgurji isteʼmolchilar soni: 2 ta

Taʼmirlash ishlari tugatilgandan soʻng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.

Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz taʼminoti filiali isteʼmolchilardan uzr soʻraydi, — deyiladi xabarda.