Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning 1-dekabr holatiga Oʻzbekistonda qurilish faoliyati bilan shugʻullanayotgan korxona va tashkilotlar soni 53 050 taga yetgan. Shundan 7 364 tasi Toshkent shahrida faoliyat yuritmoqda.
Toshkent shahri tumanlari kesimida qurilish sohasida faoliyat koʻrsatayotgan korxona va tashkilotlar soni:
Mirzo Ulugʻbek tumani – 983 ta;
Yunusobod tumani – 875 ta;
Chilonzor tumani – 869 ta;
Yashnobod tumani – 814 ta;
Yakkasaroy tumani – 743 ta;
Mirobod tumani – 658 ta;
Olmazor tumani – 548 ta;
Shayxontohur tumani – 541 ta;
Sergeli tumani – 458 ta;
Uchtepa tumani – 428 ta;
Yangihayot tumani – 266 ta;
Bektemir tumani – 181 ta.