O'zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi tomonidan berilgan ma'lumotga ko'ra joriy yilning 18-24 iyul kunlari davrida tog'larda kutilayotgan yuqori harorat foni hisobiga Qirg'iziston hududidan Farg'ona viloyati tog' oldi va tog'li hududlari bo'yicha: So'x, Farg'ona tumanlarida va So'x, Shohimardon, Isfayramsoy daryolarida glyatsial (muz) sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

Tog'li va tog'oldi hududlarda istiqomat qiluvchi aholi, dam olish maskanlarida dam oluvchilar va ushbu hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko'rishni so'raymiz, deb xabar beryapti FVV matbuot xizmati.