Qayd etilishicha, avtobuslarda naqd pul orqali harakatlanmoqchi boʻlgan yoʻlovchilar, Toshkent shahri boʻylab oʻrnatilgan 5000 mingdan ortiq Paynet, MultiPay va Oson infokioskalaridan 3000 soʻm evaziga bir martalik QR-chipta xarid qilishlari kerak.
Ushbu infokioskalar bilan bogʻliq texnik nosozliklarni onlayn (masofadan turib) bartaraf etish imkoniyati mavjud emasligi bois nosozliklar xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar tomonidan joyiga chiqqan holda bartaraf etilishini maʼlum qilamiz, — deyiladi xabarda.
Oʻz vaqtingizni va mablagʻingizni tejash uchun esa avtobuslarda yoʻl haqini 1700 soʻm evaziga elektron toʻlov turlari, yaʼni:
— Bank kartalari,
— Mobil ilovalar hamda
— ATTO transport va virtual kartalari orqali amalga oshirish mumkin.