“Toshshahartransxizmat” AJ harakat tarkibi yangilanmoqda

    “Samarqand avtomobil zavodi” MCHJda ishlab chiqarilgan “SAZ LE-60” rusumli avtobuslarning navbatdagi 15 donasi “Toshshahartransxizmat” AJ tasarrufiga topshirildi.

    Bu haqda Transport vazirligi Axborot xizmati xabar qildi.

    Tez kunlarda mazkur avtobuslar belgilangan yoʻnalishlarda poytaxtimiz aholisi va yoʻlovchilariga xizmat koʻrsatishni boshlaydi.

    Maʼlumot oʻrnida aytish kerakki, bugunga qadar Toshkent shahriga ushbu avtobuslardan 100 dona olib kelingan boʻlib, endilikda ularning soni 115 donaga yetdi.