Unda jamiyatning boshqaruv raisi birinchi o‘rinbosari Rustam Shomurodov 675 ta infokiosk Toshkent shahri bo‘ylab qaysi manba hisobidan o‘rnatilishini aytib o‘tdi.
Qayd etilishicha, bunda davlat hisobidan mablag‘ sarflanmaydi. Mas’uliyat tadbirkor zimmasiga yuklatiladi.
“Shuni aytish lozimki, [bu bo‘yicha] davlat bir tiyin “rasxod” qilmayapti. Kechaning o‘zida 2 700 ta nuqta [QR chipta sotiladigan joy] Toshkent shahri bo‘yicha qo‘shildi, shunday qilib Toshkent shahri bo‘yicha QR chiptalarni sotib olish imkoniyati mavjud 8 mingta nuqta paydo bo‘ldi. O‘zi bekatlar 2 600 ta bo‘lsa, 8 mingta nuqtada QR chiptani sotib olsa bo‘ladi.
Yana bir narsani aytish lozimki, bu hozir bo‘lmasa ham, ekranda chiqqan QR kodni rasmga olib, avtobusga o‘rnatilgan validatorga ko‘rsatsangiz, to‘lov qabul qilinadi.
Muammolardan kelib chiqib, ATTO, Paynet yechimlarini ishlab chiqib, qattiq ish olib borishyapti”, – deydi u.