O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 11 apreldagi PQ-135-son qarori bilan tasdiqlangan 2026-2027 yillarda Toshkent davlat agrar universiteti faoliyatini xalqaro talablar asosida takomillashtirish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi»ga hamda Vazirlar Mahkamasida 2025 yil 25 iyul kuni o‘tkazilgan 108-son yig‘ilish bayoniga muvofiq, Toshkent davlat agrar universiteti professor-o‘qituvchilari, ishchi-xizmatchilari va talabalar uchun qulay shart-sharoit yaratish maqsadida Universitet hududida joylashgan avtoturargoh o‘rnida (0,5 gektar maydon) davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida zamonaviy ko‘p qavatli, 1000 ta avtotransport vositasini joylashtirish sig‘imiga ega avtoturargoh majmuasini tashkil etish belgilangan.

Toshkent davlat agrar universitet hududida joylashgan avtoturargoh o‘rnida (0,5 gektar maydon) davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida zamonaviy ko‘p qavatli avtoturargoh majmuasini tashkil etish bo‘yicha muzokaralarni o‘tkazish uchun tegishli salohiyatga hamda moliyaviy imkoniyatlarga ega investorlar o‘zlarining loyiha oldi hujjatlarini va kontseptsiya hujjatlarini tayyorlab, tdau@exat.uz sayti orqali elektron tarzda yuborishi yoki Universitet devonxonasiga topshirishlari mumkin.

Loyiha yuzasidan quyidagi telefon raqamlari orqali to‘liq malumot olish mumkin: (+998 71) 260-50-71, 260-48-65, 260-47-74.

Reklama