Ilk reyslar 2026 yil may oyida amalga oshirilishi mumkin, deya xabar bermoqda Uzbekistan Airports.

Maʼlum qilinishicha, parvozlar haftada bir marta Boeing 737 samolyotlarida bajariladi.

Yangi yo‘nalishning ochilishi O‘zbekiston va Armaniston o‘rtasidagi turistik va biznes aloqalarni yanada mustahkamlash, shuningdek, ikki mamlakat fuqarolari uchun sayohat imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qilishi kutilmoqda.

Hozirgi vaqtda mazkur yo‘nalish bo‘yicha yo‘lovchilar asosan Moskva, Istanbul va Tbilisi orqali transfer bilan safar qilishga majbur edi.

Rejaga ko‘ra, ushbu yo‘nalishda tashuvchi sifatida Armanistonning Shirak Avia aviakompaniyasi faoliyat yuritadi. Kompaniya Zvartnots xalqaro aeroporti bazasida joylashgan bo‘lib, 2019 yildan buyon xalqaro reyslarni amalga oshirib kelmoqda. Uning aviaparki asosan Boeing 737 oilasiga mansub samolyotlardan iborat.

Maʼlumotlarga ko‘ra, mazkur tashabbus ikki davlat o‘rtasidagi transport va logistika hamkorligini yangi bosqichga olib chiqishi mumkin.