Ma’lum qilinishicha, tumanning «Obod» mahallasida yashovchi 2016 yilda tug‘ilgan K.Y. va 2018 yilda tug‘ilgan K.B. ismli ikki nafar voyaga yetmagan bola yashash uyining pastki qismidan oqib o‘tuvchi «Bo‘zsuv» kanaliga e’tiyotsizlik oqibatida tushib ketgan. Hodisa haqida Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasiga xabar berilgan.
Qidiruv-qutqaruv ishlari davomida 21 iyun kuni g‘avvos-qutqaruvchilar tomonidan suvdan bolalardan birining jasadi topildi.
Ayni paytda ikkinchi bolani topish maqsadida g‘avvos-qutqaruvchilar tomonidan qidiruv ishlari uzluksiz davom ettirilmoqda.