Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, u xorijdan aylanma yoʻllar orqali olib kelingan dori vositalarini uyida saqlab, poytaxtdagi dorixonalarga sotib kelgan.
Omborxona koʻzdan kechirilganda jami 119 turdagi, 3356 qutida boʻlgan 76 318 dona “Frotu”, “Budenofalk”, “Gaviscon”, “Baraclude” va boshqa dori vositalari aniqlanib, belgilangan tartibda rasmiylashtirib olindi. Ularning dastlabki umumiy qiymati taxminan 1 milliard soʻmni tashkil etadi.
Hozirda dori vositalaridan namunalar olinib, ekspertiza oʻtkazish uchun Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markaziga yuborildi.
Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom etmoqda.