Havo ifloslanişi kuçayişini oddiy misol bilan tuşuntiriş mumkin: çang va zararli moddalar havoga doimiy ravişda çiqariladi. Şamol bölmasa, ularning tarqalib ketişi qiyinlaşadi. Yomğir esa havodagi çang zarraçalarini yuvib tuşiradi.
Şamol va yomğir bölmagan davrda ifloslantiruvçi moddalar havoda töplanib boradi. Atmosfera inversiyasi esa ularning yuqoriga kötarilib, tarqalişini yanada qiyinlaştiradi.
Kuzatişlarga köra, kunning issiq vaqtida şamol esib, çang tarqalişi hisobiga havodagi ifloslaniş darajasi nisbatan pasayişi mumkin. Tongda va keçqurun esa inversiya taʼsirida çang tarqalmay, ifloslaniş darajasi ortişi kuzatiladi.
Atmosfera havosi sifatini yaxşilaş maqsadida şahar yöllariga suv sepiş, issiqxonalarda filtrlar örnatiş, kökalamzorlaştiriş va quriliş maydonlarida çang kötarilişining oldini oliş kabi işlar amalga oşirilmoqda.
Şuningdek, atrof-muhitni ifloslantirayotgan issiqxonalar va sanoat korxonalarida reydlar ötkazilmoqda.