Mazkur holatga tungi vaqtda şakllangan kuçli harorat inversiyasi, quruq havo va yoğingarçilik kuzatilmayotgani sabab bölmoqda. Şuningdek, şamolning kuçsizligi şahar ustida mahalliy atmosfera çiqindilarining töplanib qolişiga qulay şaroit yaratmoqda.
Havo ifloslanişini kamaytiriş maqsadida Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklariga asosiy köçalar va yöl çetlaridagi qum-çangni yiğiştiriş, mavjud favvoralar faoliyatini taşkil etiş topşirilgan.
Şuningdek, 30 ta yirik quriliş taşkilotiga qum va çang zarraçalarining havoga kötarilişini kamaytiriş böyiça çoralar köriş vazifasi yuklatilgan.
Toşkent şahri va unga tutaş hududlarda faoliyat yuritayotgan 7 ta issiqlik elektr stansiyasi hamda atrof-muhitga taʼsiri böyiça 131 ta yirik xöjalik yurituvçi subyektga atmosferaga çiqariladigan çiqindilar miqdorini ikki barobarga kamaytiriş böyiça ogohlantiriş berilgan.
Mazkur ogohlantirişlar ijrosi yuzasidan maxsus mobil laboratoriya korxonalarning atmosferaga çiqarayotgan çiqindilari miqdorini monitoring qilmoqda.
Havo sifati yomonlaşgan davrlarda bolalar, keksalar, homilador va emizikli ayollar, şuningdek, yurak-qon tomir va nafas oliş tizimi kasalliklari bölgan fuqarolarga oçiq havoda uzoq vaqt qolmaslik, jismoniy faollikni çeklaş va himoya niqobidan foydalaniş tavsiya etilmoqda.