Ichki ishlar organlari ma'lumotiga ko'ra, gumonlanuvchi transport vositasini avtomoykadan boshqarib ketgan. Hodisa yuzasidan Toshkent shahar IIBB Jinoyat qidiruv boshqarmasi hamda Yo'l harakati xavfsizligi boshqarmasi Qidiruv bo'limi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida avtomobil aniqlanib, gumon qilinuvchi ushlangan.

Gumonlanuvchi dastlabki ko'rsatmasida avtomobilni sotish niyatida olib ketganini, bunga qimor o'yinlariga pul topish istagi sabab bo'lganini bildirgan. Mazkur ko'rsatmalar tergov davomida huquqiy baholanadi.

Ayni paytda holat yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda tergovga qadar tekshiruv va boshqa protsessual harakatlar olib borilmoqda.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar fuqarolardan avtotransport vositalarini qarovsiz qoldirmaslik, kalitlarni begona shaxslarga ishonib topshirmaslik hamda xavfsizlik choralariga qat'iy rioya qilishni so'radi.