Loyiha Toshkent shahri Yo‘l harakatini tashkil etish markazi tomonidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida taqdim etildi.
Ma’lum qilinishicha, mazkur chorraha poytaxtdagi eng tirband “tor nuqtalar”dan biri hisoblanadi. Yangi yechim orqali transport harakatini sezilarli darajada yengillashtirish maqsad qilingan.
Tashkent Invest rahbari Bahrom Shokirov ta’kidlashicha, barcha o‘zgarishlar aholi va mehmonlar uchun qulaylik yaratishga qaratilgan.
Loyihaga ko‘ra:
- Markaz-1 massividan Kichik halqa yo‘ligacha bo‘lgan 8 km masofani bosib o‘tish vaqti tig‘iz paytlarda 25 foizga qisqaradi (45 daqiqadan 32 daqiqagacha);
- transport o‘tkazuvchanligi kuniga 98,8 mingdan 120 mingtagacha oshadi;
- avtomobillarning o‘rtacha tezligi 21 km/soatdan 26 km/soatgacha ko‘tariladi;
- avtobuslar harakati ham tezlashib, jadvallar aniqroq bajariladi.
Hokimlikka ko‘ra, asosiy qurilish ishlarining faol bosqichi 50–60 kun davom etishi mumkin.
Loyiha
Shuningdek, Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi bo‘ylab
Ma’lum qilinishicha, ko‘chiriladigan daraxtlar o‘rniga qo‘shimcha 8000 gektar yashil hududlar tashkil etish rejalashtirilgan.
Loyiha jamoatchilik eshituvi doirasida muhokama qilindi.