Ichki ishlar vazirligi Tezkor-qidiruv departamenti hamda uning hududiy bo‘linmalari xodimlari tomonidan Toshkent shahrida tovlamachilik jinoyatiga chek qo‘yildi.
Ma’lum qilinishicha, 1999 yilda tug‘ilgan qiz ichki ishlar organlariga murojaat qilib, 1995 yilda tug‘ilgan shaxs uning turli xil behayo foto va videolarini tarqatmaslik, shuningdek, oila a’zolariga ko‘rsatib sharmanda qilmaslik evaziga 3 ming AQSH dollari talab qilayotganini bildirgan.
Olib borilgan tezkor tadbir davomida gumonlanuvchi Toshkent shahrining Mirobod tumanida jabrlanuvchidan talab qilingan 3 ming AQSH dollarini olayotgan vaqtda ashyoiy dalillar bilan ushlandi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda tergov harakatlari olib borilmoqda.