Tovar va moliya bozorlarida sogʻlom raqobat muhiti taʼminlanadi

    Prezident tomonidan imzolangan Qonun (OʻRQ-954-son, 04.09.2024-y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritildi.

    “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Qonunga kiritilgan oʻzgartirishga koʻra, davlat yordami berilishiga taalluqli normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ushbu qoʻmita bilan kelishishni nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar kiritildi.

    Bundan tashqari “Raqobat toʻgʻrisida”gi Qonunga oʻzgartirish kiritilib, unga muvofiq xoʻjalik yurituvchi subyekt qaysi faoliyat turiga asosan tabiiy monopoliya subyektlari jumlasiga kiritilsa, oʻsha faoliyat turi uning asosiy faoliyat turi hisoblanadi.

    Jazolar tizimini liberallashtirish maqsadida raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilikning iqtisodiy jihatdan past taʼsir darajasiga ega boʻlgan buzilishini birinchi marta sodir etgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarga nisbatan moliyaviy sanksiyalar tarzidagi javobgarlik choralari qoʻllanilmasligini nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar kiritildi.

    Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.