Nizomga koʻra, dastlabki qarorni olish manfaatdor shaxs uchun ixtiyoriy hisoblanadi.
Manfaatdor shaxs dastlabki qarorni olish uchun ariza bilan bojxona organiga yozma yoki Bojxona qoʻmitasining rasmiy veb-sayti orqali elektron tarzda murojaat qiladi.
Ariza bojxona organiga kelib tushgan kundan boshlab 10 ish kuni ichida koʻrib chiqiladi.
Dastlabki qaror Bojxona qoʻmitasining Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi (YAAT) da bojxona organining rahbari tomonidan elektron raqamli imzo orqali tasdiqlash yoʻli bilan qabul qilinadi.
Tasdiqlangan dastlabki qarorga YAAT orqali avtomatik ravishda matritsali shtrix kod (QR-kod) qoʻyiladi.
Dastlabki qaror asosida Oʻzbekistonning istalgan bojxona postida bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish mumkin.









