Namangan. 2020-yilning 28-sentyabr kunidan 29-sentyabr kuniga oʻtar kechasi, Namangan viloyati Uchqurgʻon shahrida istiqomat qiluvchi 20 yoshli A.S., Uchqoʻrgʻon shahri “Koʻprikboshi” MFYda istiqomat qiluvchi 21 yoshli Sh.A.,ga qoʻngʻiroq qilib, unga 2017-yilda “Toxir” ismli shaxs bilan janjallashgan holati tasvirga tushirilgan videoni telegramm ijtimoiy tarmogʻidagi guruhlarda tarqatib yuborishini aytib, tasvirni fuqaro Sh.A.,ning telefoniga yuborib, uning uchun sir saqlanishi lozim boʻlgan maʼlumotlarni oshqor qilish bilan qoʻrqitib, ushbu videoni tarqatib yubormaslik evaziga Sh.A.,dan 100 AQSH dollari miqdoridagi pullarni talab qilib, olayotgan vaqtda IIB xodimlari tomonidan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Uchqoʻrgʻon tuman IIB huzuridagi Tergov boʻlinmasi tomonidan Sh.A.,ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.