Qayd etilishicha, parvoz 2 kilometrdan sal ko‘proq balandlikda 12 daqiqa davom etgan. Kompaniya ta'kidlaganidek, XB-1 ning maksimal tezligi soatiga 440 km dan oshmagan.
Kompaniya sinov parvozi davomida samolyotning uchish qobiliyatlarini, jumladan uning parvozdagi tezligini, shuningdek, qo‘nish muvozanatini baholadi.
Press-relizga ko'ra, XB-1 samolyoti AR vizual tizimiga ega. Tizimga ko‘ra samolyoti tumshug‘iga o'rnatilgan kameralar tasvirlarni pilot to‘g‘risida o‘rnatilgan displeyda to'g'ridan-to'g'ri aks ettiradi.
Samolyotning betta versiyasi 2,2 Mach tezlikka tezlashtirishga qodir uchta GE J85-15 turbojetli dvigatellari bilan jihozlangan. Olimlar taxmin qilishicha, Overture kelajakda 80 tagacha yo'lovchini tashish imkoniyatiga ega bo'lib, parvozda 1,7 Mach kruiz tezligini saqlab qoladi.