To‘yimiz Prezident saylovi kunga to‘g‘ri kelganidan xursandmiz

    Yosh kelin-kuyov baxtli kelajak uchun ovoz berishdi!

    Bugun baxt ostonasiga qadam qo‘yayotgan Azamat va Charosxon Suyunovlar oilasi Oqqo‘rg‘on tumani Yoshlik MFY hududidagi 377-saylov uchastkasiga tashrif buyurib o‘zlariga munosib deb bilgan nomzodiga ovoz berishdi.

    Oqqo‘rg‘on tumanidagi 377-saylov uchastkasiga bugun nikoh to‘yini o‘tkazayotgan Azamat va Charosxon Suyunovlar kelib, Prezident saylovida ovoz berdi.

    – Nikoh to‘yimiz O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bo‘lib o‘tayotgan kunga to‘g‘ri kelganidan xursandmiz, – deydi Azamat Suyunov.

    Saylov uchastkasiga kelganlar yoshlarga, "Baxtli bo‘linglar, qo‘sha qaringlar", deb tilak bildirdilar.