Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashining bugun oʻtkazilgan navbatdan tashqari sessiyasida tashkiliy masala koʻrildi.
2018-yildan buyon Toyloq tumaniga rahbarlik qilib kelgan Bahodir Qodirovich Bobonazarov oʻz arizasiga koʻra, vazifasidan ozod etildi.
Samarqand viloyati hokimligi tashkiliy-kadrlar guruhi rahbari sifatida faoliyat koʻrsatib kelayotgan Behzod Rahmatullayevich Rahmatullayev Toyloq tumani hokimi etib tasdiqlandi.









