“Toyota Tsusho Corporation” kompaniyasi bilan amalga oshirilayotgan investitsion loyihalarni tezlashtirish imkoniyatlari muhokama etildi

    Xalqaro hamkorlik 12 Avgust 2022 1422

    Joriy yil, 11-avgustda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov Yaponiyaning “Toyota Tsusho Corporation” kompaniyasi vakili Takasha Matsuda bilan onlayn muloqot oʻtkazdi.

    Uchrashuvdan asosiy maqsad – Yaponiyaning yirik kompaniyalari bilan yangi investitsiya loyihalarini muhokama etish va hamkorlik ishlarini yanada kengaytirishga qaratilgan.

    Tomonlar axborot texnologiyalari sohasida Oʻzbekiston va Yaponiya oʻrtasida hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha ulkan salohiyat mavjudligi hamda bu borada barcha saʼy-harakatlarni safarbar etishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

    Uchrashuv davomida ikki tomonlama manfaatli istiqbolli yoʻnalishlar, jumladan, AKT masalalarida tajriba almashish, hamkorlikni kengaytirish va boshqa muhim masalalar muhokama etildi.

    Uchrashuv yakunida Oʻzbekistonda axborot-telekommunikatsiya texnologiyalarini jadal rivojlantirish boʻyicha hukumat tomonidan belgilangan ustuvor vazifalarni amalga oshirishga qaratilgan qoʻshma loyihalarni davom ettirishga kelishildi, deb xabar beradi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati.