Bu haqda Prezidentning “Atmosfera havosi sifatini yaxshilashga qaratilgan «Toza havo” umummilliy loyihasini amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi farmonida belgilandi.
Farmonga koʻra, quyidagilar 2026–2030-yillarda atmosfera havosi sifatini yaxshilashga qaratilgan “Toza havo” umummilliy loyihasining asosiy maqsadlari etib belgilandi, jumladan:
- atmosferaga chiqarib tashlanayotgan ifloslantiruvchi moddalar miqdorini 10,5 foizga kamaytirish;
- atrof-muhitga taʼsiri boʻyicha I va II toifaga kiruvchi korxonalarda avtomatik monitoring stansiyalari va chang-gaz tozalash uskunalari oʻrnatilishini taʼminlash.
PM2,5 boʻyicha milliy meʼyorlardan oshish kuzatilgan kunlar sonini kamaytirish.
Toshkent shahrida ekologik vaziyatni yaxshilash yuzasidan kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha maxsus komissiya faoliyati 2027-yil 1-martgacha uzaytiriladi.
Komissiyaning nomi Ekologik vaziyatni yaxshilash yuzasidan kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha respublika maxsus komissiyasiga oʻzgartiriladi.