Mazkur murojaatlar adliya boshqarmasi tomonidan koʻrib chiqilib, fuqarolik ishlari boʻyicha Qarshi tumanlararo sudiga ish haqlarini undirish haqida sud buyruq chiqarishni soʻrab jami 39 500 000 soʻmlik 18 ta arizalar kiritilgan.

Mazkur arizalar qanoatlantirilib, sud buyruqlari chiqarilgan va ijroga yoʻnaltirilgan, deyiladi t.me/qashqadaryoviloyatadliya telegram sahifasida.