“Toza qoʻllar“ dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari belgilandi

    Salomatlik 7 May 2025 2864

    “Sogʻliqni saqlash va taʼlim tashkilotlarida ichimlik suvi hamda sanitariya-gigiyena infratuzilmasini kengaytirishga qaratilgan “Toza koʻllar“ dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi Hukumat qarori (297-son, 06.05.2025-y.) qabul qilindi.

    Qarorga koʻra, “Toza qoʻllar“ dasturi doirasida sogʻliqni saqlash va taʼlim tashkilotlarida.

    • — sanitariya-gigiyena vositalari bilan yetarli miqdorda taʼminlanadi;
    • — ichimlik suvi taʼminoti va sanitariya-gigiyena obyektlari (hojatxona) infratuzilmasi yaxshilanadi, ular binoning ichki qismida joylashtiriladi;
    • — aholi, jumladan, bolalar oʻrtasida shaxsiy gigiyena odatlarini shakllantirish va unga rioya qilish boʻyicha targʻibot ishlari amalga oshiriladi.

    Davlat sarmoyalarini boshqarish geoportali maʼlumotlaridan foydalangan holda umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarining sanitariya-gigiyena infratuzilmalarini yaxshilash boʻyicha manzilli dastur shakllantiriladi.

    Shuningdek, umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarini xalqaro tajriba asosida suv taʼminoti, sanitariya va gigiyenaning “Uch yulduzli yondashuv“ metodikasi asosida baholash tizimi yoʻlga qoʻyiladi.

    Maʼlumot uchun: Prezident Farmoniga muvofiq, 2025-yil 1-maydan barcha sogʻliqni saqlash va taʼlim tashkilotlarida “Toza qoʻllar” dasturi amalga oshirilishi belgilangan.