Tozalash ishlarida qatnashayotgan harbiylar tilla va pul topib olishdi

    Voqea-hodisalar 12 May 2020 1452

    Mirzaobodda talofat ko'rgan hududlardagi tozalash va tartibga solish ishlarida qatnashayotgan harbiylar tilla buyumlar va pul topib olishdi, deya xabar berdi, Mirzaobod tumani hokimligi axborot xizmati.

    SHarqiy harbiy okrugning shartnoma bo'yicha harbiy xizmatchisi elmurod Normatov, Mirzaobod tumanidagi talofat ko'rgan hududlarda tozalash va tartibga solish ishlarida qatnashayotgan vaqtida tilla zanjir va tilla soat solingan quti topib oldi. Zudlik bilan bu holat bo'yicha komandirlariga xabar berdi.

    YAna bir harbiy yigit Komil CHoriev ham tumanning Navbahor mahallasidagi tozalash ishlarini olib borayotgan vaqtida 720 ming so'm pul topib oldi va bu haqda o'sha vaqtdayoq xabar berdi.

    SHunday og'ir kunlarda, talofat ko'rgan aholining omonatini ko'z qorachig'idey asrashga harakat qilayotgan harbiylarimiz odamiylik sabog'inining chin qahramonlaridir...