Traktor ishlab chiqarish 72,5 foizga kamaygan

    Sanoat 21 Sentabr 2021 1353

    Qishloq xoʻjaligi texnikasi ishlab chiqarish sanoatida 2021-yilning yanvar-avgust oylarida 173 dona traktor ishlab chiqarilgan.

    Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, qishloq xoʻjaligi texnikasi ishlab chiqarish sanoatida 2021-yilning yanvar-avgust oylarida 173 dona traktor ishlab chiqarilgan.

    Traktor ishlab chiqarish oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 72,5 foizga kamaygan.

    Ishlab chiqarilgan traktorlar soni (yanvar-avgust oylarida):

    2019-yil - 983 dona;

    2020-yil - 630 dona;

    2021-yil - 173 dona.

    Eslatib oʻtamiz, 2021-yilning yanvar-avgust oylarida qishloq xoʻjaligi texnikasi ishlab chiqarish sanoatida jami 383 dona kultivator ishlab chiqarilgan. Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 43,1 foizga kamaygan.