Tramp 1 million dollarlik “Oltin vizalar” dasturini ishga tushirdi

    Donald Tramp ma'muriyati kamida 1 million dollarlik investitsiya uchun “Oltin vizalar” deb nomlangan yangi immigratsiya dasturini taqdim etdi.

    Bu haqdagi xabar The Trump Gold Card rasmiy saytida joylashtirildi, deb yozdi “Izvestia”. Hujjat grin-kartaga muqobil bo'ladi va uning egasiga AQSh fuqaroligini beradi.

    Veb-saytga ko'ra, yaqin orada 5 million dollarlik “Platina karta” ham chiqariladi. U AQShda mamlakat tashqarisida olingan daromaddan soliqsiz yiliga 270 kungacha yashash huquqini beradi. Onlayn ariza Trumpcard platformasida allaqachon mavjud – tezlashtirilgan tarzda ko'rib chiqish narxi 15 000 dollar.

    Savdo vaziri Govard Latnik dastur saytida taxminan 10 000 kishi ro'yxatdan o'tganini ma'lum qildi, deb xabar berdi bfm.