Tramp 14 ta asosiy shtatda Baydenni ortda qoldirdi

    AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp AQShda bo'lib o'tadigan saylovlar uchun muhim bo'lgan 14 shtatdagi mashhurlik bo'yicha Oq uyning amaldagi rahbari Jo Baydenni ortda qoldirdi.

    Tadqiqot natijalariga ko'ra, Bayden 2020-yilgi saylovda g'alaba qozongan shtatlar – Arizona, Jorjiya, Michigan, Pensilvaniya va Viskonsinda ham Trampdan ortda qolmoqda. Xuddi shunday holat Kolorado, Minnesota, Men, Nyu-Meksiko, Virjiniya va Nyu-Gempshirda ham kuzatilmoqda.

    To'rt shtatda mahalliy demokrat siyosatchilar mashhurlik bo'yicha Baydendan oldinda, deb xabar beradi mir24.tv.

    Ular orasida: Arizona senatori Mark Kelli, Merilend shtati gubernatori Ues Mur, Pensilvaniya gubernatori Josh Shapiro va Michigan gubernatori Gretxen Uitmer, deya xabar beradi CNN tadqiqot natijalariga tayanib.