AQSh Prezidenti Donald Tramp, agar Falastinning HAMAS harakati qurolsizlanish bo'yicha o'z majburiyatini bajarmasa, AQShning “o'zi ularni qurolsizlantirishini” ma'lum qildi, deb xabar berdi ria.ru.
“Ular qurolsizlanamiz, deyishdi. Agar shunday qilishmasa, biz ularni qurolsizlantiramiz. Qanday qilib buni tushuntirishim shart emas, lekin ular hazillashmayotganimni bilishadi”, dedi Tramp Oq uyda jurnalistlarga, argentinalik hamkasbi Xavyer Miley bilan uchrashuv chog'ida.