Uning so'zlariga ko'ra, bu holda u Moskvaga bosim o'tkazish uchun choralar ko'rishi shart emas, bu unga “yoqimsiz” bo'ladi.
Kiyev bilan o't ochishni to'xtatish bo'yicha kelishuvga erishgach, amerikalik muzokarachilar maslahatlashish uchun allaqachon Moskvaga jo'nab ketishgan. 12-mart, chorshanba kuni Vashingtonda Irlandiya Bosh vaziri Mixol Martin bilan uchrashuv chog'ida AQSh Prezidenti Donald Tramp jurnalistlarga “ular hozirni o'zida” u yerga yo'l olishayotganini ma'lum qildi.
Tramp Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukrainada o't ochishni to'xtatishga rozi bo'lishiga “umid qilishini” aytdi. Jurnalistlar Moskvaga nisbatan mumkin bo'lgan bosim choralari haqida so'raganida, Amerika yetakchisi shunday javob berdi: “Qilish kerak bo'lgan ishlar borki va ular yoqimsiz bo'ladi. Moliyaviy jihatdan men Rossiya uchun juda yomon bo'ladigan ishni qilishim mumkin. Men buni qilishni xohlamayman, chunki men tinchlikni xohlayman”.
O'z navbatida, AQSh Vitse-prezidenti Jey Di Vens AQSh va Rossiya vakillari o'rtasida faol muzokaralar olib borilayotganini ta'kidladi. U Ukrainadagi urushni tugatish bo'yicha diplomatik sa'y-harakatlarning ilk natijalarini ijobiy baholadi, deb xabar beradi dw.com.
“Biz hozir juda yaxshi holatdamiz deb o'ylaymiz: ukrainaliklar o't ochishni to'xtatishga rozi bo'lishdi, endi biz Rossiyani ham bunga rozi bo'lishga ko'ndira olamizmi, ko'ramiz”, dedi u.