Tramp: AQSh Pokistonda neft qazib oladi

    Tramp Pokiston bilan yangi neft qazib olish shartnomasi imzolanganini aytdi.

    AQSh Prezidenti Donald Tramp chorshanba kuni Pokiston bilan amerikalik korxonalarga mamlakatda neft qazib olish imkonini beruvchi yangi shartnoma imzolaganini aytdi, deb xabar beradi ria.ru.

    “Biz hozirgina Pokiston bilan Pokiston va AQSh o'zlarining ulkan neft konlarini birgalikda o'zlashtirishlarini ko'rsatadigan shartnoma imzoladik. Hozir hamkorlikka rahbarlik qilish uchun neft kompaniyasini tanlash jarayonidamiz. Kim biladi, balki bir kun kelib ular Hindistonga neft sotishar!” Bu haqda Tramp o'zining Truth Social ijtimoiy tarmog'ida yozdi.