Tramp: AQSh Saudiya Arabistoniga F-35 qiruvchi samolyotlarini sotadi

    Oq uyda Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmonni kutib olishga tayyorgarlik ko'rayotgan AQSh Prezidenti Donal`d Tramp Saudiya Arabistoniga F-35 qiruvchi samolyotlarini sotishga tayyorligini e'lon qildi.

    18-noyabr kuni Oq uyda Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasini kutib oladigan AQSh Prezidenti Tramp F-35 qiruvchi samolyotlari haqida muhim bayonot berdi.

    “Biz saudiyaliklarga F-35 qiruvchi samolyotlarini sotamiz”, dedi Tramp.

    Oldingi bayonotlarida AQSh Prezidenti Ar-Riyodga F-35 sotishlari mumkinligini va bu masalani ko'rib chiqayotganini aytgan edi.

    AQSh ommaviy axborot vositalari xabarlarida bu jarayon qiyinchiliklarga to'la ekanligi ta'kidlanmoqda. Xususan, Isroil bunday savdoga rozi emas, deb xabar berdi aa.com.tr.