Tramp AQSh uchun Grenlandiya ustidan nazorat muhimligini aytdi

    AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp Vashington Grenlandiyani nazorat qilishi kerakligini aytdi.

    “Men Ken Xauerini Qo'shma Shtatlarning Daniyadagi elchisi lavozimiga tanlaganimni e'lon qilishdan mamnunman. Butun dunyodagi milliy xavfsizlik va erkinlik manfaatlarini ko'zlab, AQSh Grenlandiyaga egalik qilish va nazorat qilish mutlaqo zarur deb hisoblaydi. Ken Qo'shma Shtatlar manfaatlarining ajoyib tarzda ifodalaydi”, deb yozdi u Truth Social ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida.

    Trampning birinchi prezidentlik davrida Amerika ommaviy axborot vositalari uni Daniya tarkibidagi hudud va keng avtonomiya huquqlariga ega bo'lgan Grenlandiyani qo'lga kiritish imkoniyatidan manfaatdor ekanini yozgan. Keyin qirollik rasmiylari Grenlandiyani sotish masalasini muhokama qilishdan bosh tortgan, deb xabar beradi tass.ru.