Amerika Qo'shma Shtatlari va Kanada yangi “Oltin gumbaz” raketaga qarshi mudofaa tizimi ustida “yaqin hamkorlikda” ish olib bormoqda, dedi AQSh Prezidenti Donald Tramp. Bu haqda CBC telekanali xabar berdi.
Uning so'zlariga ko'ra, yangi raketaga qarshi mudofaa tizimi “dunyoda sodir bo'layotgan voqealarni hisobga olgan holda” har ikki davlatda joylashtirish uchun ishlab chiqilmoqda.
“Oltin gumbaz” – Amerikaning ambitsiyali mudofaa dasturi bo'lib, u dushman raketalari trayektoriyaning muhim qismini bosib o'tmasdan oldin ularni erta aniqlash va yo'q qilish uchun koinot tizimini yaratishni nazarda tutadi.
Ushbu dastur kuzatuv uchun orbitaga yuzlab sputnik-datchiklarni, shuningdek nishonlarni tutib olish uchun lazer yoki raketa bilan jangovar sun'iy yo'ldoshlarni chiqarishni o'z ichiga oladi.
Reuters ma'lumotlariga ko'ra, tarmoq uchirilgan vositalarni aniqlash uchun 400-1000 sun'iy yo'ldoshdan va raketalarni havoda urib tushirish uchun taxminan 200 ta jangovar uskunalardan iborat bo'lishi mumkin.
Ilon Maskning SpaceX, Palantir va Anduril kompaniyalari loyihada ishtirok etish uchun da'vogar kompaniyalardan edi.
SpaceX qurol ishlab chiqmaydi, faqat texnik infratuzilmani yaratadi.
Tramp 20-may kuni AQShni gipertovushli, ballistik, qanotli raketalardan, hattoki koinotdan uchirililadigan vositalardan himoya qilishga mo'ljallangan yangi raketaga qarshi Golden dome (Oltin gumbaz) tizimi yaratilishini rasman e'lon qilgan edi, deb xabar berdi korrespondent.net.









