Bu haqda AP agentligi xabar bermoqda.
Yordam yangi ma'muriyatning siyosiy maqsadlariga mos kelishini aniqlash uchun tekshiruv o'tkaziladi.
Agentlik ta'kidlashicha, AQShning xorijga yordami umumiy byudjetning 1 foizidan ko'p bo'lmagan, Ukrainani qo'llab-quvvatlash kabi alohida holatlar bundan mustasno. 9-yanvar kuni Davlat departamenti Kiyevga urush boshlanganidan beri harbiy yordam uchun deyarli 66 milliard dollar, 2014-yildan buyon esa qariyb 70 milliard dollar ajratilganini ma'lum qildi, deb xabar beradi report.az.