“AQSh barqaror, birlashgan va o'zi va qo'shnilari bilan tinchlikda bo'lgan Suriyani qo'llab-quvvatlash tarafdori. Birdam Suriya terror tashkilotlari uchun boshpana bermaydigan, o'zining diniy va etnik ozchiliklar xavfsizligini ta'minlovchi, mintaqaviy xavfsizlik va farovonlikni qo'llab-quvvatlovchi”, deyiladi qarorida.
Rossiyaga qochgan Suriyaning sobiq Prezidenti Bashar Asad, uning oila a'zolari va ag'darilgan rejim tarafdorlariga qarshi sanksiyalar o'z kuchida qolmoqda.
Amerika yetakchisi may oyi o'rtalarida Ar-Riyodda Suriyaning yangi rahbari Ahmad al-Shara' bilan uchrashishdan oldin Damashqqa nisbatan sanksiyalarni bekor qilish niyatida ekanligini ma'lum qilgan edi.
Oq uy Suriyaning yangi rasmiylari harakatlarini, jumladan, “Isroil bilan munosabatlarni normallashtirish bo'yicha aniq chora-tadbirlar qabul qilinishini” kuzatishini aytdi, deb xabar beradi www.bbc.com.