Bu haqda Reyters agentligi ma’lum qildi.

U, shuningdek, Eronning «tezkor hujum» kemalari AQSh blokadasiga yaqinlashsa, darhol yo‘q qilinishini ma’lum qildi.

Uning aytishicha, Eronga kirib-chiquvchi kemalarga nisbatan blokada dushanba kuni ertalabdan kuchga kirgan. Tramp AQSh Eron tomonidan «dunyoni shantaj qilishga» yo‘l qo‘ymasligini ta’kidladi.

AQSh rahbari avvalroq Eron harbiy-dengiz kuchlari so‘nggi olti haftalik urush davomida deyarli butunlay yo‘q qilinganini bildirgan, ammo «tezkor hujum» kemalariga jiddiy tahdid sifatida qaralmaganini aytgan. Shu bilan birga, u bu kemalar blokadaga yaqinlashsa, «tez va qat’iy» usulda yo‘q qilinishi haqida ogohlantirdi.

Ma’lum qilinishicha, Eron Hormuz orqali o‘tuvchi strategik dengiz yo‘lini yopgan. Bu hudud orqali odatda jahon nefti va suyuqlashtirilgan gaz ta’minotining katta qismi o‘tadi.

Mutaxassislar fikriga ko‘ra, Eronning an’anaviy harbiy-dengiz kuchlari jiddiy zarar ko‘rgan bo‘lsada, mamlakat Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi orqali dengizda faoliyatni izdan chiqarish imkoniyatiga ega. Ular tezkor qayiqlar, mini-submarnalar va portlovchi qurilmalardan foydalanishi mumkin.

Ayni paytda, AQSh va Eron o‘rtasida muzokaralar davom etmoqda. Pokistonda bo‘lib o‘tgan so‘nggi uchrashuvlar kelishuvga olib kelmagan bo‘lsada, muloqot jarayoni to‘xtamagan.

Tramp AQSh Eronning yadroviy dasturini cheklash va yadroviy materiallarini qaytarib olishga qat’iy qaror qilganini bildirib, «kelishuv bo‘lmasa ham, Eron hech qachon yadroviy qurolga ega bo‘lmaydi», dedi.