“Eron haqida gap ketsa, ha, agar biz harbiylardan foydalanishimiz kerak bo'lsa, buni qilamiz”, dedi u Oq uyda jurnalistlarga.
Trampning fikriga ko'ra, bunday holatda “Isroil yetakchi rolni o'z zimmasiga oladi”.
“Eron yadro quroliga ega bo'lishiga yo'l qo'ymaslik kerak”, deb qo'shimcha qildi AQSh Prezidenti.
Uning aytishicha, Tehron Jo Bayden Prezidentligi davrida yadro quroli ishlab chiqishiga ishongan.
“Men bundan biroz hayratda qoldim: ular yadroviy qurolga ega bo'ladi deb o'ylagandim (Bayden Prezidentligi davrida), deya ta'kidladi Tramp.
Uning tushuntirishicha, birinchi Prezidentlik muddati davomida u Eronni sanksiyalar orqali daromadlarining katta qismidan mahrum qilgan va shuning uchun mamlakat keyinchalik yadroviy qurol ustida ishlay olmagan, deb xabar beradi interfax.ru.