Bu haqda Buyuk Britaniyaning haftalik The Mail on Sunday gazetasi manbalarga tayanib xabar berdi.
Tramp Grenlandiyani “strategik joylashuvi va mineral boyliklari” uchun annektsiya qilmoqchi ekanligi ta'kidlangan. U avvalroq Grenlandiyani AQShga qo'shilishi zarurligini bir necha bor ta'kidlagan edi.
Birinchi prezidentlik muddati davomida Tramp Grenlandiyani sotib olishni taklif qildi va 2025-yil mart oyida u annektsiya qilinishi mumkinligiga ishonch bildirdi. Daniya Bosh vaziri Mette Frederiksen bu da'volarni rad etib, orol qirollikning bir qismi ekanligini ta'kidlamoqda.
Grenlandiya Daniyaning avtonom hududidir. 1951-yilda Vashington va Kopengagen NATO ittifoqchilik majburiyatlaridan tashqari Grenlandiya mudofaa shartnomasini imzolagan. Unga ko'ra, AQSh orolni potensial tajovuzdan himoya qilishga majbur bo'lgan, deb xabar berdi tass.ru.