Tramp: Isroil G'azoda 60 kunga o't ochish to'xtatish shartiga rozi bo'ldi

    Isroil G'azoda 60 kunlik o't ochishni to'xtatish shartiga rozi bo'ldi. Bu haqda AQSh Prezidenti Donald Tramp Truth Social ijtimoiy tarmog'ida ma'lum qildi.

    “Bugun mening vakillarim isroilliklar bilan G'azo bo'yicha uzoq va samarali uchrashuv o'tkazdi. Isroil 60 kunlik o't ochishni to'xtatish bo'yicha zarur shartlarga rozi bo'ldi, bu vaqt davomida biz barcha tomonlar bilan urushni tugatish uchun ishlaymiz”, deb yozadi u.

    Trampning qo'shimcha qilishicha, Qatar va Misr Falastinning HAMAS radikal harakatiga o't ochishni to'xtatish taklifini taqdim etadi va agar ular buni qabul qilishdan bosh tortsa, guruh uchun vaziyat “yomonroq” bo'lib ketishi bilan tahdid qilgan, deb xabar beradi lenta.ru.