Tramp: Isroil va Eron katta ehtimol bilan jangovar harakatlarni to'xtatishga kelishib olishadi

    Isroil va Eron katta ehtimol bilan jangovar harakatlarni to'xtatish bo'yicha kelishuvga erishishadi, ammo bu darhol sodir bo'lmasligi mumkin.

    Bu haqda AQSh Prezidenti Donald Tramp “Yettilik” (Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Kanada, AQSh, Fransiya va Yaponiya) yetakchilarining sammiti bo'lib o'tadigan Kanadaga uchishi oldidan Oq uyning janubiy maysazorida jurnalistlar savollariga javob berar ekan.

    “Umid qilamanki, [Isroil va Eron o'rtasida] kelishuv bo'ladi. Menimcha, kelishuv vaqti keldi”, dedi u. “Ammo ba'zida jang qilish kerak bo'ladi”, deya qo'shimcha qildi Tramp jangni davom ettirish imkoniyatini nazarda tutib.

    Uning ta'kidlashicha, kelishuvga erishish uchun “barcha imkoniyat bor”.

    Prezident Vashington Isroilga mudofaa yordamini ko'rsatishda davom etishiga ishontirdi. Tramp yahudiy davlatidan Eronga zarba berishni to'xtatishni so'ragani haqidagi savolga javob berishdan bosh tortdi.

    Vashington ma'muriyati rahbari avvalroq Eron va Isroil o'rtasida tez orada tinchlik o'rnatilishiga ishonch bildirib, ayni vaqtda shu maqsadda uchrashuvlar va telefon suhbatlari o'tkazilayotganini ta'kidlagan edi. U tafsilotlarni keltirmadi, deb xabar beradi report.az.