Tramp: Isroil va Eron to'liq o't ochishni to'xtatishga kelishib oldi

    AQSh Prezidenti Donald Tramp Isroil va Eron yaqin soatlarda to'liq o't ochishni to'xtatishga kelishib olganini aytdi.

    Bu haqda Amerika yetakchisi Truth Socialda yozdi, deb xabar beradi report.az.

    “Isroil va Eron 12 soatlik to'liq o't ochishni to'xtatishga kelishib olishdi (hozirgi vaqtdan taxminan 6 soatdan so'ng, Isroil va Eron joriy va yakuniy amaliyotlarini tugatgandan so'ng!) va bu paytda urush tugagan deb hisoblanadi”, dedi Tramp.

    Uning so'zlariga ko'ra, Eron birinchi bo'lib “12 soatda” o't ochishni to'xtatadi, shundan so'ng Isroil ham xuddi shunday qiladi.

    “24 soatda dunyo yillar davomida davom etishi va butun Yaqin Sharqni vayron qilishi mumkin bo'lgan 12 kunlik urush tugashini nishonlaydi”, deya qo'shimcha qildi u.