AQSh Prezidenti Donald Tramp Isroildan xalqaro jurnalistlarning G'azoga kirishiga ruxsat berishini istashini aytdi, deb xabar berdi aa.com.tr.
“Jurnalistlarning G'azoga kirishiga ruxsat berish uchun Isroilga bosim o'tkazasizmi?” degan savoliga, Tramp shunga javob berdi:
“Men shunday bo'lishini istardim. Jurnalistlarning kirishiga hech qanday qarshiligim yo'q. Agar siz jurnalist bo'lsangiz, u yerda intervyu berish xavfli bo'lishi mumkin, buni bilasiz, lekin men bu amalga oshishini istardim”.