Tramp Kanada “qo'shib olingan” AQSh xaritasini e'lon qildi

    AQShning saylangan Prezidenti Donald Tramp Kanada AQShga qo'shilsa, mamlakat qanday ko'rinishda bo'lishini ko'rsatdi.

    Bo'lajak Amerika rahbari seshanba kuni o'zining Truth Social sahifasida xaritani e'lon qildi. Kanada va AQSh bir xil rangda bo'yalgan va shu tariqa Amerika Qo'shma Shtatlari deb nomlangan bitta davlatdan iborat, deb xabar beradi tass.ru.

    Avvalroq Tramp ko'plab kanadaliklar go'yoki o'z mamlakatlari AQShning 51-shtatiga aylanishi tarafdori ekanini aytgandi. Uning fikricha, bunday birlashish Kanadaga nafaqat iqtisodiy barqarorlik olib keladi, balki saylangan prezidentning so'zlariga ko'ra, “Rossiya va Xitoy kemalari”dan keladigan tashqi tahdidlardan ham himoya qiladi.

    Kanada Bosh vaziri Jastin Tryudo mamlakatning Amerika Qo'shma Shtatlari tarkibiga kirishi uchun “zarracha imkoniyat” yo'qligini aytdi. Uning so'zlariga ko'ra, har ikki xalq o'z davlatlari “savdo va xavfsizlik sohasida bir-birining eng yirik hamkori” ekanligidan naf ko'radi.