AQSh Prezidenti Donald Tramp o'zining Truth Social ijtimoiy tarmog'ida rejalashtirilgan “Oltin gumbaz” raketaga qarshi mudofaa tizimiga qo'shilish Kanadaga 61 milliard dollarga tushishini aytib, bu mablag'ni tejash uchun mamlakatni AQShga qo'shilishga chaqirdi, deb xabar beradi ria.ru.
“Men bizning ajoyib Oltin gumbaz tizimimizning bir qismi bo'lishni juda xohlaydigan Kanadaga, agar ular alohida, lekin teng bo'lmagan millat bo'lib qolsa, 61 milliard dollarga tushishini aytdim. Ammo ular bizning qimmatli 51 shtatimizga aylansa, bu nol dollarga tushadi. Ular taklifni baholamoqda”, deb yozgan Tramp.









