Tramp Meksika bilan chegaradagi devorni qora rangga bo'yashni buyurdi

    AQSh ichki xavfsizlik vaziri Kristi Noemning aytishicha, janubiy chegaradagi devor quyoshda yanada qizib ketishi va shu tariqa noqonuniy muhojirlikning oldini olish uchun qora rangga bo'yaladi.

    “AQSh-Meksika chegarasidagi devor yanada qizib ketishi va noqonuniy muhojirlikning oldini olish uchun qora rangga bo'yaladi”, dedi AQSh ichki xavfsizlik vaziri Kristi Noem 19-avgust, seshanba kuni kechqurun Nyu-Meksikodagi devor qismiga tashrifi chog'ida, deya xabar berdi CBS News telekanali.

    Noemning aniqlik kiritishicha, uni bo'yash qarori AQSh Prezidenti Donald Trampning maxsus iltimosiga ko'ra qabul qilingan, u buni “issiq sharoitda biror narsa qora rangga bo'yalsa, u yanada qizib ketishi va odamlarning devordan oshib tushishi yanada qiyinlashadi deb tushuntirdi”. Bu “g'oya”ning aniq muallifi va uning qachon amalga oshirilishi ko'rsatilmagan, deb xabar berdi dw.com.

    Vazirning so'zlariga ko'ra, metallni qora rangga bo'yash chegaraning narigi tomonidagi odamlarni AQShga noqonuniy kirishdan qaytaradi. O'z navbatida, devordagi tadbirda ishtirok etgan AQSh chegara xizmati boshlig'i Mayk Benks bo'yash, shuningdek, zangning oldini olishga yordam beradi, degan fikrni bildirdi, deya aniqlik kiritdi CBS.