22 Fev 2025
06:15

    Tramp noqonuniy muhojirlarga AQShning Meksika bilan chegarasini kesib o'tishni taqiqladi

    AQSh Prezidenti Donald Tramp noqonuniy migrantlarning mamlakat janubiy chegarasini kesib o'tishini to'xtatish to'g'risidagi farmonni imzoladi, deb xabar berdi Oq uy.

    Tramp AQSh Ichki xavfsizlik vazirligi, shuningdek, Adliya vazirligi va Davlat departamentiga mamlakatga janubiy chegara orqali kirayotgan noqonuniy muhojirlarni chiqarib yuborish uchun barcha choralarni ko'rishni topshirdi.

    Tramp AQShga janubiy chegara orqali kirgan noqonuniy muhojirlarning boshpana izlash bahonasida mamlakatda qolish huquqini ham chekladi.

    Tramp saylovda g'alaba qozonishidan oldin “jinoyatchilarni chetlatish bo'yicha Amerika tarixidagi eng yirik deportatsiya dasturini” ishga tushirishga va buni Oq uyga qaytishining birinchi kunidayoq boshlashga va'da bergan edi. U deportatsiya qilinadigan muhojirlar sonini 15-20 million deb hisoblagandi, deb xabar beradi rbc.ru.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech