Unga koʻra, yaqin uch yil ichida Oʻzbekiston AQSHning ustuvor tarmoqlariga qariyb 35 mlrd dollar miqdorida investitsiya kiritadi va xaridlar amalga oshiradi, kelgusi oʻn yilda esa bu koʻrsatkich 100 mlrd dollardan oshishi rejalashtirilgan.
Prezident Trampning postida kelishuvlar quyidagi sohalarni qamrab olishi qayd etilgan: muhim minerallar, aviatsiya, avtomobil butlovchi qismlari, infratuzilma, qishloq xoʻjaligi, energetika va kimyo, axborot texnologiyalari hamda boshqa muhim tarmoqlar.
“Men Oʻzbekistonning hurmatli prezidenti Shavkat Mirziyoyevga minnatdorlik bildiraman. Mamlakatlarimiz oʻrtasidagi uzoq muddatli va samarali munosabatlarni intizorlik bilan kutamiz”, — deyiladi bayonotda.
Ushbu tashabbuslar ishlab chiqarish zanjirlari, transport-logistika, raqamli transformatsiya va resurslarni qayta ishlash kabi yoʻnalishlarda qoʻshma loyihalarni jadallashtiradi, yangi ish oʻrinlari va texnologiyalar transferiga turtki beradi.









